Asli tojikistonlik boʻlgan eshon Samarqandda shogirdidan geroin olib Jizzaxga qaytayotganida IIO xodimlari tomonidan qo'lga olingan. Bu haqda "Zamon uz" xabar qildi.
Ma'lum bo'lishicha, Jizzaxda yashovchi asli tojikistonlik bo'lgan eshon ilk bor geroinni shogirdidan sotib olgan.
Keyinchalik yana qoradorining xumori tutgach, eshon Urgutga shogirdi yoniga borib yana ogʻu sotib olgan. Qoradorini doʻppisi ichiga solib Jizzaxga ketayotganda IIO xodimlari ogʻuni payqab qolishgan.
Sud hukmiga koʻra, sotuvchi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5- qismi bilan aybdor deb topilib 5 yilga, haridor esa Jinoyat kodeksining 276- moddasi 2- qismi "a" bandi bilan aybdor deb topilib 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling