Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Farmasevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi rahbarini ishdan oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ayni daqiqalarda oʻtayotgan yigʻilishda davlat rahbari sogʻliqni saqlash sohasiga toʻxtalib, “Dok-1 Maks” preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan koʻz yumgani bilan bogʻliq vaziyatni qattiq tanqid qilgan.
“Samarqand va Qashqadaryodagi bolalar oʻlimi sohada ishlar ahvolini, nazorat yoʻqligini koʻrsatdi. Bugun Farmasevtika agentligi rahbari Kariyevni ishdan oldim. Bunga yoʻl qoʻygan mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi!”, — degan Prezident.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling