Foto: Repost.uz
12-13-noyabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O'zgidromet xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, dam olish kunlarida havo harorati kechalari 0°C dan +5°C gacha iliq, ba’zi joylarda -2°C gacha sovuq, kunduz kunlari +9°C dan +14°C gacha iliq bo‘ladi.
13-noyabr kuni kechga tomon respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi.
Shimoliy hamda cho‘l hududlarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.