Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo'q

Foto: FVV

Foto: FVV

11-oktabr kuni “Qamchiq” dovonida Vodiy — Toshkent” yo‘nalishida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

FVV Axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 tonnalik “ISUZU” yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan.

"Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari va YPX yonayotgan mashinani soat 06:07 da o‘chirishgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar