Foto: Says
Filippindagi kollejlardan birida talabalar imtixon vaqtida "ko'chirishga qarshi qalpoq" kiyib o'tirgani aks etgan rasmlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu voqea Flippinning Legazpi shahridagi kollejlardan birida sodir bo'lgan. Xabarga ko'ra, bu usuldan oktyabr oyining uchinchi haftasida kollejda yuzlab talabalar ishtirokida o'tkazilgan oraliq imtixonlari davomida foydalanilgan.
Foto: BBC
Qayd etilishicha, talabalardan atrofdagi boshqa talabalarning qog'ozlariga qaramaslik va ko'chirmaslik uchun bosh kiyim kiyish so'ralgan. Ular bu so'rovlarga dublg'a, Xellouin niqoblari, karton, tuxum qutilari va boshqa materiallardan qayta ishlangan "ajabtovur qalpoqlar" yasab kiyish orqali javob qaytarishgan.
Foto: Says
Kollej o'qtuvchisining so'zlariga ko'ra, u imtixonlarni halol, shaffof va qiziqarli o'tishi uchun bu chorani o'ylab topgan.
Bikol universiteti muhandislik kollejining mashinasozlik professori Meri Joy Mandane-Ortizning aytishicha, bu g'oya haqiqatan ham samarali ish bergan.
Foto: BBC
Ta'kidlanishicha, professor bu usulni o'ylab topishda bir necha yil avval Tailandda qo'llanilgan texnikadan ilhomlangan.
Professor Facebook sahifasida imtixon suratlarini joylashtirganda, bu suratlar minglab "layk" yig'gan va shuni ortiqdan ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga sabab bo'lgan.
Xabarga ko'ra, ushbu postlardan so'ng, mamlakatning boshqa shahar va tumanlaridagi maktab va kollejlarda ham ushbu usuldan foydalanish keng tarqalmoqda.
Foto: BBC
Shuningdek, professorning ta'kidlashicha bu yil talabalar imtixon natijalarida har yilgidan ham yaxshi natijalarni qayd etgan, sababi imtixonning qat'iy shartlari ularni yana ham yaxshi qattiq o'qishga undagan.
Foto: BBC