Ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha mamlakatlar reytingida O'zbekiston qaysi o'rinni egalladi?

Oʻzbekiston ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha 110 davlat ichida 89-oʻrinni egalladi

Videodan lavha

Videodan lavha

"Education First" xalqaro ta’lim markazi tomonidan tuzilgan ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingi e'lon qilindi.

Unda Oʻzbekiston ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha 110 davlat ichida 89-oʻrinni egalladi.

Indeks dunyoning 100 ta mamlakati va mintaqalaridan ingliz tili ona tili hisoblanmaydigan 2 mlndan ortiq odam oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovga asoslangan.

Barcha davlatlar tilni bilish darajasiga ko‘ra 5 toifaga bo‘lingan. O‘zbekiston 446 ball to‘plagan holda juda past ko‘rsatkichga ega davlatlar toifasiga kirganiga qaramay, Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi: Qirg‘iziston 91 (442 ball), Qozog‘iston – 99 (420 ball), Tojikiston – 106 (397 ball) o‘rinni egalladi.

Poytaxtlar bo‘yicha Toshkent juda past ko‘rsatkichli guruhga tushib qolgan bo‘lsa, Ostona va Bishkek aholisi yuqoriroq natija qayd etgan.

Reytingda Niderlandiya eng yuqori o'rinni qayd etgan. Keyingi oʻrinlarni esa Singapur va Avstriya egallagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling