Foto: Manila Bulletin
Xorijiy tabloidlar “Dunyo goʻzali — 2022” xalqaro foʻzallik tanlovi natijalari haqida maʼumotlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, bu tanlovda 85 nafar daʼvogarlarni ortda qoldirib, birinchi marta koreyalik ayol goʻlib boʻldi.
" width=540 height=360 style="height: auto;">Foto: "Dunyo go'zali — 2022" tanlovida olingan surat
Qayd etilishicha, Xalqaro tanlovning final bosqichi 29-noyabr kuni Filippinda boʻlib oʻtgan. Maʼlum qilinishicha, “Havo goʻzali — 2022” unvoni avstraliyalik Sheridan Mortlokka, “Suv goʻzali — 2022” falastinlik Nadin Ayubga va “Olov goʻzali — 2022” unvoni kolumbiyalik Andrea Agulera berildgan.
" width=540 height=360 style="height: auto;">Foto: "Koreya goʻzali — 2021" tanlovida olingan surat
Taʼkidlash kerakki, bu tanlov pandemiya boshlanganidan buyon birinchi marta katta zalda ochiq tarzda oʻtkazildi. Xalqaro tanlovning 2020-2021-yillardagi bosqichlari virtual tarzda olib borilgan edi.
Ushbu xalqaro tanlovda nafaqat tashqi koʻrinish, balki ishtirokchilarning tabiatga boʻlgan eʼtibori ham hisobga olinadi. Chunki gʻolib kelgusi yil davomida BMTning Atrof-muhit dasturi vakili sifatida ishlashi, Butunjahon yovvoyi tabiat jamgʻarmasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi kerak.
Shu sababdan ishtirokchilarning har biri tanlov veb-saytidagi soʻrovnomada oʻzlariga yoqadigan hayvonni koʻrsatib oʻtishlari kerak boʻladi. Maʼlumotlarga koʻra, bu yilgi gʻolib Mina Syu Choy mazkur soʻrovnomada delfinni keltirib oʻtgan.
Janubiy koreyalik Mina Syu Choy Sidneyda koreys oilasida tugʻilgan. U yetti yoshgacha oilasi bilan birga shu shaharda yashagan, keyin esa Seulga koʻchib oʻtgan hamda maktabda taʼlim olgan.
2021-yilda u AQSHga koʻchib oʻtgan va Illinoys universitetida muloqot sanʼatini oʻrganishni boshlagan. Huddi shu yili qiz “Koreya goʻzali — 2021” unvonini olgan.
Tanlov oxirida hakamlar hayʼati har bir ishtirokchidaan “bu dunyoda aynan nimani oʻzgartirishni xohlashini va buni qanday amalga oshirish mumkinligi” haqida fikrlarini soʻragan.
Tanlov gʻolibasi esa bu savolga javoban dunyo qanday boʻlsa shundayligicha qabul qilishini aytgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling