Videodan kadr
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 11 yoshli maktab o‘quvchisini mashina urib yubordi, deb xabar bermoqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati.
YTH 17-sentabr kuni soat 12:30da 4K715 yo‘lining 3-kilometrida sodir bo‘lgan. Damas haydovchisi piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgan.
Hodisa oqibatida jabr ko'rgan o‘smir mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.
Hozirda YTH yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.