Rossiyaning Ukrainaga keng ko'lamli hujumi boshlanganidan beri mamlakatda 5 767 nafar tinch aholi halok bo'lgan. Yana 8 292 kishi jarohatlangan. Bu haqda BMT ning Inson huquqlari bo'yicha oliy komissarligi boshqarmasi ma'lum qildi.
BMTning Ukrainadagi monitoring missiyasi rahbari Matilda Bognerning so'zlariga ko'ra, bugungi kunga qadar mamlakat tinch aholisining orasida 14 059 nafar qurbonlar tasdiqlangan. Ulardan 5 767 nafar tinch aholi harbiy harakatlar oqibatida halok bo'lgan, 8 292 kishi esa jarohatlangan.
"Bir necha bor ta'kidlaganimizdek, real raqamlar ancha yuqori bo'lishi mumkin", — deydi rasmiy.
Shu bilan birga, u 24-fevral kuni BMT missiyasi kamida 416 kishi Rossiya nazorati ostidagi hududlarda o‘zboshimchalik bilan hibsga olinganini va ulardan 16 nafari o'lik holda topilganini aytgan. Ulardan 166 nafari esa qo'yib yuborilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, shuningdek, ko‘plari hali ham urush zonasidagi ixtisoslashtirilgan muassasalarda qolayotgan nogironlarni evakuatsiya qilishga chaqirgan. BMTning nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga ko‘ra, ularni evakuatsiya qilish ustuvor vazifa bo‘lmagan. Biroq, BMT urush zonasidagi nogironlar soniga aniqlik kiritmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling