JCH-2022. Senegaldan mag'lub bo'lgan Qatar, AQSHni yutolmagan Angliya, murosa yo'lini tanlagan Niderlandiya hamda Ekvador — video

Ushbu Jahon chempionatida durang natijalari ko'p qayd etilmoqda

Foto: The National

Foto: The National

Qatarda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining 2-turidan o'rin olgan Angliya - AQSH uchrashuvida hisob ochilmadi.

Foto: Bein sports

Foto: Bein sports

Angliya – AQSH 0:0 

25-noyabr, 23.59, “stadion Al-Bayt”

Angliya – Pikford, Trippyer, Maguayr, Stounz, Shou, Rays, Maunt, Saka (Reshford, 78), Bellingem (Xenderson, 69), Keyn, Sterling (Grilish, 68).

AQSH – Terner, Dest (Mur, 78), Rim, Simmerman, Robinson, Makkenni (Aaronson, 77), Pulishich, Adams, Musa, Rayt (Sardjent, 83), Vea (Reyna, 83).

Niderlandiya va Ekvador terma jamoalari ham durangga rozi boʻldi. JCH "A" guruh 2-tur uchrashuvida Niderlandiya Ekvador bilan bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang oʻynadi.

Endi ushbu jamoalarda 4 tadan ochko boʻldi va Senegal 3 ochko bilan 3-oʻrinni band etgan. Qatar esa 0 ochko bilan oxirgi oʻrinda qoldi.

Niderlandiya – Ekvador 1:1

Gollar: 1:0 – 6 Gakpo, 1:1 - 49 Valensiya.

25-noyabr, 21.00, “Halifa stadioni”

Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, Klassen (Bergeys, 69), Kopmeyners (de Ron, 79), de Yong, Bergveyn (Depay, 46), Gakpo (Vegorst, 79).

Ekvador – Galindes, Presiado, Torres, Poroso, Inkapie, Estupinyan, Mendes, Plata (Ibarra, 90), Kaysedo, Valensiya (Rodriges, 90), Estrada (Sarmiyento, 74).

Ogohlantirishlar: Mendes (57).

JCH-2022. Qatar bu safar Senegalga imkoniyatni boy berdi.

Qatar terma jamoasi Jahon chempionati 2-turida Senegalga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Dia, Dyediu va Dyeng kiritgan gollarga mezbonlar safida Muntari javob qaytardi.

Qatar – Senegal 1:3

25-noyabr, 18.00, “stadion Al-Tumama”

Gollar: 0:1 – 41 Dia, 0:2 – 48 Dyediu, 1:2 – 78 Muntari, 1:3 – 84 Dyeng.

Qatar – Barsham, Moxammad, Xuxi, Ro-Ro (Abdulvaxab, 83), Xassan, Axmed (Salman, 83), Budiaf (Xatem, 69), Madibo, Al-Xaydos (Muntari, 74), Ali, Afif.

Senegal – Mendi, Sabali, Kulibali, Diallo, Yakobs (Sisse, 77), Guye, Mendi (Sarr, 78), Sarr (Ndiay, 74), Dyediu (Dyeng, 74), Dia, Diatta (Siss, 64).

Ogohlantirishlar: Moxammad (20), Dia (30), Axmed (45), Yakobs (52), Siss (87), Madibo (90).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar