Videodan kadr
Toshkent aeroportida bojxonachilar tomonidan timsoh bolalarining noqonuniy olib o'tilishiga chek qo'yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent shahar xalqaro aeroportida O'zbekistonga timsoh bolalarini noqonuniy olib kirish holati aniqlangan. 54 bosh timsoh bolalari plastik idishlarda tashilgan.
Qayd etilishicha, plastik idishlarda timsoh bolalari bilan birgalikda meva va sabzavotlar ham bo'lgan.
Tekshiruv davomida ushbu holat bojxonachilar tomonidan fosh etilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling