Samarqandda “Damas” yonib ketdi

Voqea oqibatida jabr koʻrganlar va halok boʻlganlar yoʻq

Foto: Yo'l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati<br>

Foto: Yo'l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati

Joriy yilning 26-oktyabr kuni Samarqand viloyatinning Toyloq tumanida Damas avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur hodisa tuman hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1085-kilometrida yuz bergan.

Xabarga koʻra, ushbu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan Damasning dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yongʻin yuzaga kelgan. Haydovchi zudlik bilan avtomobilni toʻxtatgan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar