Ukraina rasmiylari Qrim ko'prigining portlashi haqida: “Qrim, koʻprik- boshlanishi"

Ukraina prezidenti maslahatchisi noqonuniy boʻlgan barcha narsalarni yoʻq qilish kerakligini aytdi

Foto: news.day.az

Foto: news.day.az

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Qrim koʻprigidagi portlashdan soʻng Ukraina hududida noqonuniy boʻlgan barcha narsalarni yoʻq qilish kerakligini taʼkidladi. Bu haqda u Twitterʻdagi oʻzining rasmiy sahifasiga yozgan, deya xabar berdi.

Foto: screenshot

Foto: screenshot

Ukraina tomoni Qrim koʻprigidagi portlashga qanday munosabat bildirmoqda?

Ukraina Mudofaa vazirligi Twitterʻda:

“Moskva raketa kreyseri va Kerch koʻprigi — Ukraina Qrimidagi Rossiya kuchining ikki mashxur ramzi — vayron boʻldi. Keyin nima boʻladi, ruslar?”

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov:

Merilin Monroning “Tugʻilgan kuningiz bilan, janob Prezident” qoʻshigʻi fonida yonayotgan koʻprik videosini joylashtirdi.

Ukraina xavfsizlik xizmati Taras Shevchenkoning qayta ishlangan sheʼrini nashr etdi. Sheʼr “Ukraina Qurolli Kuchlari keskinlashmoqda” satrlari bilan yakunlangan.

Avvalroq Ukraina Prezidenti devonining maslahatchisi Mixail Podolyak oʻz Twitter sahifasida shunday deb yozgan edi:

“Qrim, koʻprik- boshlanishi. Noqonuniy hamma narsa yoʻq qilinishi kerak, oʻgʻirlangan hamma narsa Ukrainaga qaytarilishi kerak, Rossiya olib qoʻygan barcha narsalar yoʻq qilinishi kerak”.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling