Foto: Uzreport news
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O'zbekistonda 11 mingga yaqin egizak dunyoga kelgan.
Qayd etilishicha, ulardan 250 ta holatida uch yoki undan ortiq egizak tug'ilgan. Egizak chaqoloqlarning umumiy soni 10621 nafarni tashkil etadi.
Ma'lum qilinishicha, yil boshidan iyul oyiga qadar egizaklar ko'pincha Samarqand viloyatida tug'ilgan. Shunindek, quyida ikki nafar egizak tug'ilishi bo'yicha hududlararo ba'tafsil statistik ma'lumotlar keltirib o'tilgan:
Samarqand viloyati – 1245 nafar;
Qashqadaryo viloyati – 1071 nafar;
Toshkent - 976 nafar;
Namangan viloyati – 944 nafar;
Farg'ona viloyati – 929 nafar;
Surxondaryo viloyatida – 897 nafar;
Andijon viloyati – 889 nafar;
Toshkent viloyati - 872 nafar;
Buxoro viloyati – 507 nafar;
Jizzax viloyati – 489 nafar;
Qoraqalpog'iston –461 nafar;
Xorazm viloyati – 459 nafar;
Navoiy viloyati – 354 nafar;
Sirdaryo viloyati – 278 nafar.
Eslatib o'tamiz, 2021- yilda O'zbekistonda 800 mingdan ortiq bola tug'ilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling