Foto: Hudud24 uz
Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev she’rdan ruxsatsiz foydalangani uchun mualliflik huquqini buzganlikda ayblanmoqda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Bahzod Fazliddin ariza bilan murojaat qilgan.
Gap shundaki, xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev xech qanday ruxsat olmasdan shoirga tegishli "Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim" toʻplamidagi deb boshlanuvchi "Ayyor doʻstlarim " sheʼridan foydalanib qoʻshiq ijro qilgan.
Shuningdek, bu ijod namunasi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan, toʻylarda ijro etilgan.
Maʼlum qilinishicha, shoir Behzod Farliddin Fargʻona viloyati adliya boshqarmasida mualliflik huquqlarini tiklab berishni, shu bilan bir qatorda xonandaga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Ta'kidlanishicha, ushbu murojaat yuzasidan, tegishli tartibda oʻrganishlar olib borilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Uchkoʻprik tuman sudining qaroriga asosan, xonanda mualliflik huquqini buzgani tasdiqlangan.
Shuningdek, unga nisbatan maʼmuriy jazo tayinlangan.
Shundan soʻng, shoir Behzod Farliddin foydasiga Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining hal qiluvchi qarori eʼlon qilingan.
Unga koʻra, bazaviy hisoblash miqdorining 80 barobari, ya'ni 24 million soʻm tovon puli, 2 million soʻm ma'naviy zarar uchun jami 26 million soʻm miqdorda pul undirib berilgan.
Shuningdek, xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev tomonidan kuylangan "Ayyor doʻstlarim" nomli qoʻshiq ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling