Foto: Repost.uz
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Wi-fi o'rnatish maqsadida uy tomiga chiqqan erkak elektr toki urishi oqibatida halok bo'ldi.
Ma'lumotlarga qaraganda, voqea 11-avgust kuni "Izzat" ko'chasida sodir bo'lgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bo'limi matbuot xizmatining xabar berishicha, erkak voqea joyida vafot etgan.
Hozirda voqea yuzasidan prokuratura tergov ishlarini olib bormoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling