Foto: Tez News
Respublikaning bir qator hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 10-13-dekabr kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
Surxondaryo viloyati: Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Qoʻshrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulungʻur tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;
Namangan viloyati: Pop tumanida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling