O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi yana avj olmoqda

Soʻnggi olti oy ichidagi eng katta koʻrsatkich qayd etildi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

 Oʻzbekistonda 26-noyabr holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 129 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, bu soʻnggi olti oy ichidagi eng katta koʻrsatkich hisoblanadi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida;
  • 8 nafari Buxoro viloyatida;
  • 4 nafari Jizzax viloyatida;
  • 12 nafari Namangan viloyatida;
  • 14 nafari Samarqand viloyatida;
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 4 nafari Fargʻona viloyatida;
  • 1 nafari Xorazm viloyatida;
  • 10 nafari Toshkent viloyatida;
  • 72 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling