Moskvada yashovchi O‘zbekiston fuqarosiga harbiy safarbarlik doirasida chaqiruv qog‘ozi keldi

O'zbekiston fuqarosi elchixonaga murojaat qilgan

Foto: nosoldat.net

Foto: nosoldat.net

Rossiyada yashovchi Oʻzbekiston fuqarosi Siroj Nabiyevga harbiy safarbarlik doirasida chaqiruv qogʻozi keldi. Bu haqida "Astra" xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, Siroj Nabiyev Rossiya fuqarosi emas, uning doimiy yashash guvohnomasi ham yoʻq. 

“Men Moskvada yashayman, lekin hech qachon Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo'lmaganman. Shunga ko'ra, men hech qanday harbiy ro'yxatga tura olmayman. Men allaqachon O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilganman, ular menga kelib ariza yozishimni aytishdi, shuningdek, kun tartibidagi hech qayerga bormasligim haqida ogohlantirishdi”, — dedi Siroj Nabiev.

O‘zbekiston elchixonasi o‘z fuqarolarini Rossiya qurolli kuchlari tarkibida Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan taqdirda jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling