Foto: Repost.uz
Respublikaning bir qancha hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda Gidrometerologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 6-8-dekabr kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin tumanida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq,tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;
Namangan viloyati: Pop tumanida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi elon qilinadi.
“Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling