Samarqandda transformator yonib ketdi — video

Hodisa natijasida tumanning ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda

Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi “Bogʻizagʻon“ podstansiyasida yongʻin yuz berdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 11-noyabr kuni soat 20:18 da sodir boʻlgan. Hodisa natijasida tumanning ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

”11-dekabr kuni soat 20:18 da Toyloq tumanidagi “Bogʻizagʻon” podstansiyasidagi transformatorda yongʻin yuzaga kelgan. Buning natijasida tumanning ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilish kuzatilmoqda. Hozirda mutaxassislar tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng elektr taʼminoti qayta tiklanadi, — deyiladi vazirlik xabarida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling