Foto: Zakon.kz
Qozogʻistonda giyohvand moddalarni sotish va saqlashda gumonlangan 50 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Ostona IIB Ekstremizmga qarshi kurash boʻlimi xodimlari tomonidan tintuv chogʻida 50 yoshli Oʻzbekiston fuqarosidan 44,25 gramm gashish moddasi olib qoʻyilgan. Shuningdek, tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, u giyohvand moddalarni isteʼmol qilishi aniqlangan.
Foto: Zakon.kz
Qoʻlga olingan shaxs vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglarini oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish” moddasi boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling