Foto: Videodan kadr
O‘zbek an’analariga ko‘ra, to‘ylar ko‘plab urf-odatlar bilan kechadi. Ulardan biri kelinning "salom" qilishi. Kelin-salom an’anasi oilaning yangi a’zosi – kelinni oiladagilarga hurmatini ko'rsatadi.
Marosim musiqa va ayol kishining qo'shiqlari bilan birga o'tkaziladi. Odatda qo'shiqchi barcha an'anaviy qo'shiqlarni ijro etish uchun maxsus taklif qilinadi.
Yaqinda ijtimoy tarmoqlarda ayol ijrochi odatiy an'anaviy qo'shiq o'rniga rep yo'nalishida "kelin salom" aytgan videosi tarqaldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling