AQSHda bo'sh ish o'rinlari 11,2 mlnga ko'payib, rekord darajaga yaqinlashdi

Bo'sh ish o'rinlarining eng katta o'sishi chakana savdo, transport, omborxona va kommunal xizmatlarda bo'lgan

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

AQSHda bo'sh ish o'rinlari 11,2 mln ko'payib rekord darajaga yaqinlashdi. Bu haqda "Bloomberg" xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Mehnat departamentining Ish o‘rinlari ochilishi va mehnat aylanmasi tadqiqoti (JOLTS) ma’lumotlariga ko‘ra, ish o‘rinlari iyun oyidagi 11 mlndan bir oy ichida 11,2 mlnga yetdi. Bu esa rekord darajaga nisbatan biroz past.

Ish o‘rinlarining ko‘payishi ish beruvchilar shundoq ham cheklangan kadrlar uchun raqobatlashayotgani sababli mehnat bozorida doimiy keskinlikni keltirib chiqaradi.

AQSHdan o‘tgan yil oxiridan beri bo‘sh ish o‘rinlari 11 mlndan yuqori va ishsizlik darajasi tarixan pastligicha qolmoqda, bu esa AQSH mehnat bozorining kuchliligini anglatadi. 

Nashrning ta'kidlashicha, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik ish haqining barqaror o‘sishini ta’minlashda davom etmoqda, bu Federal rezerv tiziming inflyatsiyani bostirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini murakkablashtiradi.

Iyul oyida har bir ishsiz kishi uchun taxminan ikkita bo‘sh ish o‘rni bor edi, bu iyun oyida 1,9 tani tashkil qilgan. 

Bo'sh ish o'rinlarining eng katta o'sishi chakana savdo, transport, omborxona va kommunal xizmatlarda bo’lgan. San'at va dam olish maskanlari o’tgan oydan bo’sh ish o’rinlarini e’lon qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling