Foto: Teznews
O'zbekistonda 299 ta AYOQSHda narx asossiz oshirilgani hamda sifatsiz mahsulot sotilgani tufayli ularga benzin yetkazib berish toʻxtatilgan. Bu haqda Oʻzneftgazinspeksiya xabar qildi.
Inspeksiyaning maʼlumot berishicha, Oʻzbekistondagi 2 mingdan ziyod benzin AYOQSHlariga kuniga oʻrtacha 3 ming 200 tonna benzin oʻrniga 4 ming tonnadan ziyod benzin yetkazib berilmoqda.
"Gaz toʻldirish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar, avtobenzin narxini oshishiga olib kelmaydi", deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Oʻzneftgazinspeksiya 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari va 299 ta AYOQSHda narx asossiz oshirilgani aniqlanganini qoʻshimcha qilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling