Afg'oniston shimoliga 400 nafar ISHID jangarilari yuborilgani aniqlandi

2022-yilda respublikada 250 ga yaqin kishi teraktlar qurboni bo‘lgan

Foto: Москва24<br>

Foto: Москва24

Afg‘oniston shimoliga ISHID terror tashkilotining 400 nafar jangarisi joylashtirildi. Bu haqda KXSHT birlashgan shtabi rahbari general-polkovnik Anatoliy Sidorov ma'lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, jangarilar Afg‘oniston shimolidagi Badg‘iz, Juzjon, Qunduz, Taxar va Badaxshon viloyatlariga “terrorchilik hujumlarini amalga oshirish hamda fuqaro va harbiy obyektlarga hujum qilish maqsadida” yuborilgan.

"Afg‘onistonda yuqori darajadagi terrorchilik harakatlari saqlanib qolmoqda, 2022-yilda respublikada 250 ga yaqin kishi teraktlar qurboni bo‘lgan, mingdan ortiq kishi jarohatlangan", — deya qoʻshimcha qilgan u.

Shtab rahbarining aytishicha, Tolibon rahbariyatining Tolibon rahbariyatining yuqori mansabdor shaxslari hujumlarining asosiy obyektlariga aylangan.

Ma'lumot uchun, 5-sentyabr kuni Rossiyaning Kobuldagi diplomatik missiyasi konsullik bo'limiga kirish darvozasi yaqinida portlash yuz bergan edi. Mazkur hodisa oqibatida Rossiya elchixonasining ikki xodimi, jumladan qo'riqchi va diplomat halok bo'lgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling