Foto: Teznews
Oʻzgidromet xabariga koʻra, bugun Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining togʻoldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi.
Ertaga, 4-martda respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻistonda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 5-martda nam havo massasi Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Qoraqalpogʻiston Xorazm viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Kunduzgi havo harorati +21...+24 daraja, yomgʻir paytida +18...+20 daraja atrofida boʻladi.
3-5-mart kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Navoiy va Jizzax viloyatlarida 5-martda 22-25 m/s.gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda 3-4-mart kunlari havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 5-martda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 5-martda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati bugun kunduzi +17...+19 darajani, shanba va yakshanba kunlari +19...+21 darajani tashkil etadi.