Videodan kadr
Andijon viloyati Buloqboshi tumani ATB filialining pensiya va nafaqa toʻlovlari bilan ishlash shoʻbasi, kassiri va buxgalterlar nazoratchisi bankomatlarga naqd pullarni joylashtirish vaqtida ularni o'g'irlab ketgan.
Ma'lum bo'lishicha, xodimlar dastlab filial binosida joylashgan bankomatdan 4 mln200 ming soʻm pullarni olishgan. Ushbu xodimlar oʻz ishini davom ettirib talon-toroj qilinayotgan pullarning miqdorini oshirgan.
Tumanning Neftchilar mahallasida joylashgan bankomatdan 41 mln 800 ming soʻm hamda Shirmonbuloq mahallasida joylashgan bankomatdan 65 mln soʻm, jami 111 mln soʻm naqd pullarni qoʻlga kiritishib, ushbu pullarni zamonaviy qimor oʻyinlariga sarflab yuborishgan.
Prokuratura xodimining aytishicha, talon-toroj qilingan ushbu pullar tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida toʻliq qoplangan.Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling