Surxondaryoda mast holda mashina boshqarib, YPX xodimlarini haqoratlagan shaxs ushlandi

Ushbu shaxsga nisbatan sud tomonidan ma'rmuriy qamoq jazosini tayinlangan

Videodan lavha

Videodan lavha

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida mast holatda mashina boshqargan shaxs ushlandi. Bu haqda Surxondaryo telekanalida xabar berildi.

Ma'lum bo'lishicha, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari kuzatuv kameralaridagi yozuvda Islom Karimov ko'chasida harakatlanib ketayotgan "Spark" avtomobili harakati shubhali tuyulgani uchun YPX xodimlariga xabar bergan.

Haydovchi voqea joyiga yetib borgan YPX xodimlarini haqoratlab, ularga qarshilik ko'rsatgan.

Huquqbuzar mast holda mashina boshqarganini hamda YPX xodimlarini haqoratlab ularga qarshilik ko'rsatganini eslolmasligini aytgan.

Ushbu shaxsga nisbatan sud tomonidan ma'muriy qamoq jazosini tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling