Foto: Sputnik O'zbekiston
Rossiyada Ukraina hududidagi jangovar harakatlarda qatnashishi uchun tergov hibsxonasida saqlanayotgan gumonlanuvchi va sudlanuvchilarni jalb qilish boshlandi.
Rossiya huquq himoyachisi va "Русь сидящая" jamg'armasi asoschisi Olga Romanovaning so'zlariga ko'ra, jinoyat ishlari to‘xtatilmoqda.
Huquq himoyachisi Moskva viloyatidagi bir nechta tergov hibsxonalaridagi aniq holatlar haqida ma’lumotga egaligini ta’kidlagan, biroq bu “hamma joyda boshlanganini” taxmin qilgan.
Gulagu.net loyihasi asoschisi Vladimir Osechkin bunday amaliyot mavjudligini tasdiqlagan. Uning so'zlariga ko'ra, loyihaning ishonch telefoniga Moskva va mintaqada, Sankt-Peterburg, Ryazan, Tver va Bryanskda shu kabi holatlar haqida ma'lumot kelib tushgan.
Iyul oyi boshida ommaviy axborot vositalarida "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya koloniyalarida mahbuslarni yollayotgani haqida xabarlar paydo bo'la boshladi. "Русь сидящая" va "Verstki" ma'lumotlariga ko'ra, xususiy harbiy kompaniyalari vakillari mamlakatning 13 mintaqasidagi 21 ta rus koloniyalariga tashrif buyurishgan.
"Mediazonaning xabar berishicha, "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi egasi deb hisoblanuvchi tadbirkor Yevgeniy Prigojin koloniyadagi mahbuslarni urushga jalb qilish uchun shaxsan o'zi borgan.
Harbiy harakatlarda ishtirok etish evaziga mahbuslarga 100 ming rubl miqdorida maosh, mukofotlar, vafot etgan taqdirda oilasiga to'lovlar va keyinchalik amnistiya taklif qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling