O'z vazifasiga mas'uliyat bilan yondoshmagan korxonalar rahbarlariga hayfsan berildi

Bugun Energetika vazirligida kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish boʻyicha tuzilgan maxsus shtabning yigʻilishi bo'lib o'tgan. 

Bugun Energetika vazirligida boʻlib oʻtgan kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish boʻyicha tuzilgan maxsus shtabning navbatdagi yigʻilishida oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshmagan korxonalar rahbarlariga hayfsan berildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, yigʻilishda hozirgi kunda energiya resurslari taʼminotidagi mavjud muammolar va ularning yechimlari, bu borada olib borilayotgan ishlar tanqidiy koʻrib chiqilgan.

Yigʻilishda maxsus shtab tashkil etilganiga qaramay, joylardagi hududiy shtablarning faoliyati talab darajasida tashkil etilmaganligiga alohida urgʻu berilgan.

Turli kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun:

  • “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Dadajon Isakulov;
  • “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Roʻziqul Rayimov;
  • “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” filiali direktori Anvar Muzapov;
  • “Toshshaharnur” DUK direktori Umidbek Rajabovga hayfsan berilgan.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling