Foto: sputniknews
Ukraina Ta’lim va fan vazirligi maktab dasturidan Rossiya va Belarus yozuvchilari asarlari olib tashlangani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu darsliklar o‘rnini to'ldirish uchun maktab dasturiga boshqa chet ellik mualliflar asarlari kiritilgan.
Muassasa qayd etishicha, “Chet el adabiyoti” maktab kursida rus tilida ijod qilgan, ammo hayoti va ijodi Ukraina bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yozuvchilarning asarlari qoldirilgan.
Bundan tashqari, “Ukraina tarixi” va “Jahon tarixi” o‘quv dasturlariga o‘zgarishlar kiritilgan. Yangilangan dasturlarda SSSR “imperiya turidagi hokimiyat” deb atalgan, alohida o‘quv blokiga Rossiyaning 2014-yilda boshlangan Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzi qo'shilgan.
Shuningdek, o‘quv dasturlarida tushunchalar ro‘yxati yangilangan, hamda unga “rus dunyosi” va “rashizm” tushunchalari qo'shilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling