"Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasi 87 mln dollarga sotildi

Sotib olgan investorning 12 mln dollarlik qo'shimcha investitsiya majburiyatlari mavjud

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2016-yilda poytaxtda ochilgan besh yulduzli "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasi xususiylashtirilganini e’lon qildi.

Mehmonxonaga tegishli bo‘lgan “Poytaxt qurilish va xizmat” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushining 100 foizi  Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Abu Dhabi Uzbek Investment” MChJ QK tomonidan 87 mln dollarga sotib olingan.

"KPMG Valuation and Consulting" xalqaro konsalting kompaniyasi xususiylashtirish bo'yicha maslahatchi sifatida ishtirok etdi, mustaqil baholashni 'PricewaterhouseCoopers" xalqaro kompaniyasi amalga oshirdi.

Davlat ulushini sotishga tayyorgarlik 2021-yil dekabr oyida, mart oyida esa arizalarni qabul qilish boshlandi.

Natijada Amerika, Osiyo, Yevropa va O‘zbekistondan investorlardan sotib olish uchun 5 ta ariza kelib tushgan. Uchta investor majburiy takliflarni (BO) qabul qilishning yakuniy bosqichiga yetib kelgan. Ular har tomonlama moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik tahlil boʻyicha mustaqil hisobotlarni taqdim etgan virtual maʼlumotlar xonasiga (VDR) kirish huquqiga ega boʻlgan.

“Malakaviy talablarga muvofiqligi, hududda, shu jumladan mehmonxona sohasida tajribaga ega boʻlgan, bitimni yopish shartlari va Korxonaning mustaqil baholashidan yuqori boʻlgan eng yaxshi xarid narxini taʼminlash boʻyicha kelib tushgan majburiy takliflarni oʻrganish natijalariga koʻra, QK “Abu Dhabi Uzbek Investment” MChJ xalqaro tender natijalariga ko‘ra g‘olib deb topildi”, — deyiladi xabarda.

Agentlikning qayd etishicha, investorning 12 mln dollarlik qo'shimcha investitsiya majburiyatlari ham bor.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling