Namanganda maktab o'quvchilarining guruh bo'lib mushtlashayotgani aks etgan video yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Videodan lavha

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganning Kosonsoy tumanida maktab o‘quvchilari mushtlashuvi aks etgan tasvirlar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, videodagi holat 2021-yilning noyabr oyida Kosonsoy tumanidagi 50-sonli maktab o‘quvchilari tomonidan uyushtirilgan bo‘lib, ularning maqsadi ushbu holatni Tik-Tok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirib, prank qilish orqali mashxurlikka erishish bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha rolikda ishtirok etgan o‘quvchilar yoki ularning ota-onalaridan 2021-yil va 2022-yilning hozirgi kunigacha tuman IIBga yoki tibbiyot muassasalariga ariza va shikoyat bilan hech kim murojaat qilmagan.

Hozirda holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB va tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling