Toshkent markazida avtomobil tezligi 60 km/soatgacha cheklandi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Kichik halqa avtomobil yoʻli ichida tezlikni kamaytirish boʻyicha tegishli qaror qabul qildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

10 oktyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi harakat tezligini soatiga 60 km/soatgacha cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda "Nigoh" telegram kanali ma'lum qildi.

Ayrim koʻchalarda trasport vositalarining harakat tezligini soatiga 50 km/soatgacha cheklanadi. Bular jumlasiga Alisher Navoiy, Mahtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yoʻli, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat koʻchalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yoʻli kiradi.

Maʼlumot uchun, bugungi kungacha shaharda ruxsat etilgan tezlik 70 km/soat edi.

Shuningdek, kelgusida avtomobil tezligini pasaytirish orqali YTHlar kamayishiga erishilgan taqdirda poxtaxtning barcha koʻchalarida tezlikni pasaytirishi boʻyicha taklif kiritiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling