Foto: t.me/ecogovuz
9-avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ekologik reydga start berildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrida Ekologiya, Milliy gvardiya, ichki ishlar hodimlaridan iborat Ekopatrul inspektorlari tuzildi, ular hududlarga bo'linib, yo'nalishlar kesimida butun shaharni o'rganib chiqadi.
Ekologik reydlar jarayonida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun talablarining bajarilishini taʼminlash, shuningdek aholining ekologik madaniyatini yana-da yuksaltirish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlarining ham olib borilishi yuzasidan zaruriy tavsiyalar berilgan.
Kun davomida qilinadigan ishlar rejalashtirilib, ekologik nazorat reyd tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling