O'zbekistonda bayroqni uylarga osib qo'yishga ruxsat berilishi mumkin

Davlat qonuniga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tashabbusini muhokama qilib, deputatlar orasidan ishchi guruhi tuzilmoqda.

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Davlat bayrog‘idan foydalanishga qo‘yiladigan talablar soddalashtirish taklif qilinmoqda. Undan, xususan, fuqarolarning uyda va ish joyida foydalanishiga ruxsat berilishi mumkin.

OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Aktam Xaitovning xabar berishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP Fraksiyasining kengaytirilgan yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi davlat qonuniga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tashabbusini muhokama qilib, deputatlar orasidan ishchi guruhi tuzilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, qonun loyihasida Davlat bayrogʻidan foydalanishdagi cheklovlarni olib tashlash, fuqarolarning erkin foydalanishi, egalik qilish imkoniyatlarini kengaytirish koʻzda tutilgan.

Bunda fuqarolar ham davlat bayrogʻiga hurmat saqlagan holda oʻz xonadonlariga ham ilish, ish joylarida erkin foydalanishi mumkin boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling