Foto: Transport boshqarmasi matbuot xizmati
Sirdaryo viloyati markazidan Tojikiston orqali Qo'qon shahriga avtobus qatnovi yo'lga qo'yiladi. Bu haqda viloyat Transport boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tez kunda Sirdaryo markazidan Tojikiston orqali "Guliston – Qo'qon" viloyatlararo-shaharlararo yo'nalishida avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yiladi.
Xabarga ko'ra, qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir martadan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Guliston shahridan jo'naydigan avtobus "Xovosobod" hamda Farg‘ona viloyati yaqinidagi "Andarxon" chegara bojxona postlari orqali Qo‘qon shahriga yetib boradi.
Ushbu yo'nalishning masofasi 264,3 kilometr bo'lib, yo'l haqi 50 (ellik) ming so'm atrofida bo'lishi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, yo'lovchilarda xorijga chiqish pasporti bo'lishi talab etiladi.
Shuningdek, Tojikiston hududlarida yo'lovchilarni tushirish va olish taqiqlanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling