Rossiyaga EURO-24 da ishtirok etish taqiqlandi

Hozirda Rossiyaning barcha jamoalari UEFA musobaqalaridan chetlashtirilgan

Foto: Anadolu <br>

Foto: Anadolu

Rossiya terma jamoasi futbol bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa chempionatida (EURO-2024) ishtirok etishdan to‘xtatildi. Bu haqda Xorvatiyaning Xvar shahrida bo'lib o'tgan UEFA Ijroiya qo'mitasi yig'ilishi yakunida ma'lum bo'ldi.

Yig'ilish yakuniga ko'ra, Ijroqo'm EURO-2024 saralash bosqichiga qur'a tashlash tartibini tasdiqlagan.

"Ijroiya qo'mitasining 2022-yil 28-fevraldagi qaroriga ko'ra, hozirda Rossiyaning barcha jamoalari UEFA musobaqalaridan chetlashtirildi. 2022-yil 15-iyulda bu qaror Sport arbitraj sudi tomonidan tasdiqlangan. Rossiya Yevropa chempionati saralashiga qur'a tashlashda ishtirok etmaydi", — deyiladi UEFA saytida keltirilgan yig'ilish yakuni hisobotida.

Qayd etilishicha, Germaniya EURO-2024 mezboni sifatida final bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olgan.

Ma'lum qilinishicha, chempionat saralashida 53 ta milliy assotsiatsiya ishtirok etadi. Ularning terma jamoalari 10 ta guruhga – beshdan yetti guruhga, oltita jamoadan iborat uchta guruhga bo‘lingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling