Foto: Repost.uz
2022-yilning noyabr oyida Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozori oktyabr oyidagi bir oz pasayishdan keyin xaridorlarni qayta jalb qildi. Bir oy ichida respublikada koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni oʻtgan oyga nisbatan 7,8 foizga oshdi.
Uy-joy savdosining eng yuqori oʻsish surʼatlari:
- Xorazmda – 38 foiz,
- Navoiyda – 24 foiz,
- Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 23 foiz qayd etildi.
Yil boshidan buyon 2021-yilning shu davriga nisbatan uy-joy savdosining oʻsishi 9 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, oʻtgan yilning noyabriga nisbatan koʻchmas mulk bozoridagi shartnomalar soni 8,1 foizga oshdi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda 2022-yil 1-noyabrda boshlangan ipoteka kreditlaridan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish boʻyicha kengaytirilgan dastur koʻchmas mulk bozoridagi faollik va talabni ragʻbatlantirmoqda.
Kuzning soʻnggi oyida poytaxtda ijara narxlarining pasayishi qayd etildi. Oktyabr oyiga nisbatan noyabr oyida Toshkent shahrida ijaraga beriladigan uy-joy narxi 5,8 foizga kamaydi. Shu bilan birga, yil boshidan beri poytaxtda oʻrtacha ijara narxi 35 foizdan oshdi va 1 kvadrat metr uchun deyarli 10 dollarni tashkil etdi.
Poytaxtda 1 kv.m uchun eng yuqori ijara narxi:
- Shayxontohur (13,2 dollar),
- Mirobod (12,3 dollar),
- Yakkasaroy (12,2 dollar),
- Uchtepa (8,1 dollar),
- Sergeli (7,2 dollar),
- Bektemir (6 dollar).
Yana bir maʼlumot, noyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joylarning oʻrtacha narxi 3,9 foizga oshdi. Yil boshidan buyon ikkilamchi bozorda uy-joylarning tez oʻsishi kuzatilmoqda. Xususan, respublikada 1 kv.m uchun uy-joy narxi 15,8 foizga oshdi.
Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng sezilarli oʻsishi:
- Toshkent – 22,9 foiz,
- Navoiy – 22 foiz,
- Toshkent shahrida — 22,7 foiz.
Poytaxtda ikkilamchi uy-joy bozoridagi narx bir oy ichida 2,4 foizga qimmatlashdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling