Andijon shahridagi xonadonlarning birida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida bir oilaning uch farzandi yonib ketdi. Bu haqda Andijon viloyati FVB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa 22-dekabr kuni soat taxminan 19:15 larda Andijon shahar “Dalvarzin” MFYda joylashgan xonadonlarning birida sodir boʻlgan. Unga koʻra, 40 yoshli fuqaroning yashash xonadonida 70 kvadrat metr maydonida uyining shfti, tom qismi va uy jihozlari yonib ketgan.
Yongʻin oʻchirish vaqtida uy egasining 15 yoshli, 13 yoshli hamda 5 yoshli farzandlarining jasadlari 100 foiz kuygan holda topilgan.
Yongʻin oʻchirish xizmati xodimlari hodisa joyiga 19:19 da yetib borib, soat 19:22 da olov qurshab olingan va 19:32 da oʻchirilgan. Yongʻindan uyning 180 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hozirda yongʻinni sababi va zarari aniqlanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling