Foto: Freepik
Oʻzbekistonda kun davomida 2470 nafar bola dunyoga keldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ulardan 1295 nafari oʻgʻil, 1175 nafari qiz, 11 nafari egizak. Quyida hududlar kesimida tugʻilishlar soni keltirilgan:
- Qashqadaryo viloyatida – 275 ta;
- Fargʻona viloyati – 274 ta;
- Samarqand viloyati – 266 ta;
- Andijon viloyati – 222;
- Namangan viloyati – 212 ta.
Eslatib oʻtamiz, 9-dekabr Oʻzbekiston aholisi 36 million kishidan oshgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling