Foto: pixabay
Oʻzbekistonda 2022-yilning noyabr oyida 4123 ta nikohdan ajralish holati FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 959 taga koʻpaygan.
Hududlar kesimida ajralishlar soni:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 192 ta;
- Andijon viloyati — 486 ta;
- Jizzax viloyati — 178 ta;
- Buxoro viloyati — 206 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 272 ta;
- Navoiy viloyati — 129 ta;
- Namangan viloyati — 366 ta;
- Samarqand viloyati — 385 ta;
- Surxondaryo viloyati — 268 ta;
- Sirdaryo viloyati — 154 ta;
- Toshkent viloyati — 448 ta;
- Fargʻona viloyati — 528 ta;
- Xorazm viloyati — 227 ta;
- Toshkent shahri — 558 ta.