Shaxmat bo'yicha jahon chempionati guruh bahslarida 1-o'ringa chiqib olgan o'zbekistonliklar, faoliyatidagi oxirgi Jahon chempionati qaysi bo'lishini aytgan Messi, hokimiyatni egallash uchun kelgan Xabib — kunlik sport dayjesti

Ushbu materialda eng muhim kunlik sport xabarlari bilan tanishib borishingiz mumkin

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.

O'zbekistonlik shaxmatchilar AQSH va Hindistonni magʻlub etib, guruhda 1-oʻringa koʻtarilib olishdi

Quddus shahrida shaxmat boʻyicha erkaklar terma jamoalari oʻrtasida jahon chempiionati oʻtkazilmoqda.

Bungacha musobaqa doirasida terma jamoa 1-turda Ozarbayjonga qarshi oʻyin oʻtkazdi va 1,5 : 2,5 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. 2-turda esa Isroil vakillari 2,5 : 1,5 hisobida magʻlub etildi.

Kecha 3 va 4-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. 3-turda o'zbekistonliklar AQSHni 2,5 : 1,5 hisobida magʻlub etishdi. 4-turda esa Hindiston 3,5 : 1,5 hisobida magʻlub etildi.

Xabib: “Biz hokimiyatni egallash uchun keldik”

Foto: MMA

Foto: MMA

Xabib Nurmagomedov shogirdlarining UFC va Bellator promoushenlarida erishayotgan yutuqlari haqida gapirdi.

Yengil vaznda UFC sobiq chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov amakivachchasi Usman Nurmagomedovning Bellator promoushenida chempionlikka erishgani haqida oʻz fikrini bildirdi.

“Uzoq vaqt oldin bir yigit: ”Hokimiyatni egallash uchun keldik“, - deb aytgan edi. Lekin hokimiyatni egallash uchun biz keldik”, dedi Xabib.

19-noyabr kuni Usman Nurmagomedov Chikagoda Patrik Freyrega qarshi jang qilib, gʻalaba qozondi va yengil vaznda Bellator chempioniga aylandi. Bundan tashqari, ayni damda Xabibning yana bir jamoadoshi Islam Maxachev yengil vaznda UFC chempioni hisoblanadi.

Messi: “Oʻylashimcha, bu men uchun oxirgi mundial”

Foto: Sky Sports

Foto: Sky Sports

Jahon chempionati-2022 doirasida Argentina sardori Lionel Messi matbuot anjumanida qatnashdi.

“Bu mening oxirgi jahon chempionatim boʻlishi mumkin. Oʻzimni yaxshi his qilmoqdaman, jismonan va ruhan tayyor holatda keldim. Butun faoliyatim davomida oʻzim haqimda qaygʻurdim va soʻnggi mundialda buyuk orzumni amalga oshirish uchun oxirgi imkoniyatim bor. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar, doimo harakat qilishingiz kerak, chekinmaslik va nima kutayotganini oʻylash lozim”, deydi Messi.

JCH—2022 "C" guruhidagi 1-tur dastlabki uchrashuvida Saudiya Arabistoni Argentinani yer tishlatdi 

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Saudiya Arabistoni Argentinaning 36 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriyasiga chek qoʻydi

Lionel Skaloni shogirdlari JCH 1-turida Saudiya Arabistoniga magʻlub boʻlishdi.

Argentinaning magʻlubiyatsiz seriyasi 36 oʻyindan iborat edi.

Rekord Italiya terma jamoasiga tegishli – 2018-yilning sentyabridan 2021-yilning oktyabrigacha boʻlgan davrda 37 ta oʻyinni magʻlubiyatsiz oʻtkazgan.

Endi argentinaliklar guruh bosqichi navbatdagi turlarida Meksika (26-noyabr) va Polsha (30-noyabr) bilan uchrashadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling