Toshkentda tez yordam mashinasi velosipedda harakatlanayotgan odamni urib yubordi — video

Voqea Chilonzor tumanidagi chorrahada ro'y bergan

Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan video tarqaldi. Ushbu YTH yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28-avgust kuni taxminan soat 16:40 larda Chilonzor tumani Kichik xalqa aylanma yo‘li va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasida tez yordam avtomobilini boshqarib ketayotgan hodim 74 yoshli velosiped haydovchisini urib yuborgan. Oqibatda, velosiped haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling