O'zbekiston bo'ylab noyabr oyida qaysi soha vakillari eng ko'p maosh olgani ma'lum qilindi

Noyabr oyi davomida eng ko‘p maoshli mutaxassislik axborot texnologiyalari sohasi bo‘lib, maksimal darajadagi oylik ish haqi 56,5 mln so‘mga teng

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

O'zbekiston hududlari bo'ylab 2022-yil noyabr oyida qaysi soha vakillari eng ko'p maosh olgani ma'lum qilinid. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, noyabr oyida davomida eng ko‘p maoshli mutaxassislik axborot texnologiyalari sohasi bo‘lib, unda maksimal darajadagi oylik ish haqi 56,5 mln so‘mga teng bo‘lgan.

Shuningdek, eng ko'p o'rtacha ish haqi olgan soha sifatida ham aynan konsalting qayd etilgan — 14,1 mln so‘m. Mahalliy xodimlar esa eng kam 3 mln so‘m o‘rtacha oylik olishgan.

Ma'lum qilinishicha, o‘rtacha oylik maosh bo‘yicha noyabr oyida oktabrga qaraganda sohalar kesimida eng katta o‘sish Banklar, investitsiyalar, lizing sohasida kuzatilgan — 21 foiz.

Bundan tashqari, Transport va logistika sohasida 44 foizlik pasayish qayd etilgan. Ma’muriy xodimlarda esa bu ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi oy pasayib 17 foizni tashkil qilgan.

Konsalting:

Eng kam — 3 mln;

O‘rtacha — 14,1 mln;

Eng ko‘p — 56,5 mln.

Axborot texnologiyalari:

Eng kam — 2,5 mln;

O‘rtacha — 12,3 mln;

Eng ko‘p — 48,5 mln.

Oliy menejment:

Eng kam — 3 mln;

O‘rtacha — 11,7 mln;

Eng ko‘p — 30,8 mln.

Buxgalteriya hisobi va moliya:

Eng kam — 1,5 mln;

O‘rtacha — 10,6 mln;

Eng ko‘p — 22,6 mln.

Xodimlarni boshqarish, treninglar:

Eng kam — 2,3 mln;

O‘rtacha — 9,1 mln;

Eng ko‘p — 15 mln.

Banklar, investitsiyalar, lizing:

Eng kam — 1,5 mln;

O‘rtacha — 8,6 mln;

Eng ko‘p — 44,9 mln.

Qurilish, ko‘chmas mulk:

Eng kam — 2,3 mln;

O‘rtacha — 7,7 mln;

Eng ko‘p — 23,4 mln.

Advokatlar:

Eng kam — 2 mln;

O‘rtacha — 7,1 mln;

Eng ko‘p — 17,5 mln.

Tibbiyot, farmatsevtika:

Eng kam — 2,3 mln;

O‘rtacha — 7,1 mln;

Eng ko‘p — 20,1 mln.

Fan, ta’lim:

Eng kam — 1,7 mln;

O‘rtacha — 6,7 mln;

Eng ko‘p — 15 mln.

Marketing, reklama, PR:

Eng kam — 2 mln;

O‘rtacha — 6,3 mln;

Eng ko‘p — 17 mln.

Savdo:

Eng kam — 2 mln;

O‘rtacha — 6,3 mln;

Eng ko‘p — 20,1 mln.

Ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi:

Eng kam — 2,3 mln;

O‘rtacha — 6,1 mln;

Eng ko‘p — 15,8 mln.

Ishchi xodimlar:

Eng kam — 1,9 mln;

O‘rtacha — 5,7 mln;

Eng ko‘p — 23,4 mln.

San’at, ko‘ngilochar, ommaviy axborot vositalari:

Eng kam — 2,3 mln;

O‘rtacha — 5,6 mln;

Eng ko‘p — 11,5 mln.

Transport, logistika:

Eng kam — 2,1 mln;

O‘rtacha — 5,6 mln;

Eng ko‘p — 17 mln.

Ma’muriy xodimlar:

Eng kam —1,7 mln;

O‘rtacha — 5,3 mln;

Eng ko‘p — 10,2 mln.

Turizm, mehmonxonalar, restoranlar:

Eng kam — 680 ming;

O‘rtacha — 4,9 mln;

Eng ko‘p — 15 mln.

Xavfsizlik:

Eng kam — 1,6 mln;

O‘rtacha — 3,9 mln;

Eng ko‘p — 17 mln.

Mahalliy xodimlar:

Eng kam — 680 ming;

O‘rtacha — 3 mln;

Eng ko‘p — 10 mln.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling