Kolumbiyaning Kali shahrida engil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U-20) Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
U-20 Jahon chempionatida uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik 15 yoshli Sharifa Davronova 14,02 metr natija bilan g‘alaba qozondi.
U eng yaqin ta'qibchisini 66 santimetrga ortda qoldirdi. Shuningdek, uning natijasi U-20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi.