Fransiya bosh vaziri mamlakatda koronavirusning yangi to'lqini boshlanganini e'lon qildi

Oʻtgan haftada COVID-19 bilan kasallanganlar orasidan 400 nafar bemor vafot etgan

<br>


Fransiya bosh vaziri Elizabet Born mamlakatda soʻnggi paytlarda kuniga 40 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlanayotgani va epidemiya kuchayib borayotgani haqida maʼlum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Epidemiya qaytdi. Bu yangi toʻlqin bizga virus hali ham yoʻqolmaganini esaltib turadi. Epidemiya bizga yana zarba berib, oʻldirmoqda”, — deydi Elizabet Born.

Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, bir hafta ichida virus bilan kasallanganlar orasida, shifoxonlarga yotqizilganlar soni 10 foizga oshgan. Shuningdek, uning taʼkidlashicha, oʻtgan haftada COVID-19 bilan kasallanganlar orasidan 400 nafar bemor vafot etgan.

Shu bilan birga, Elizabet Born ehtiyot choralarini koʻrish muhimligini taʼkidlab, aholini masofani saqlashga va, xususan, jamoat transportida niqob kiyishga chaqirdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling