Foto: Manchester Yunited evening
Sobiq yarim himoyachi Pol Skoulz Ronalduga qarshi birinchi bahs qanday boʻlganini gapirdi.
“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Krishtianu Ronalduning 2003-yilgi mavsumoldi oʻyinida “Sporting” safida “Manchester Yunayted”ga qarshi oʻyinini esladi. Hamda portugaliyalik futbolchining klubdagi faoliyati davomida 700 ta gol urishga erishgani haqida fikr bildirdi.
“Men bu yosh futbolchi kun kelib 700 ta gol uradi deb oʻylamagandim. Oʻsha paytda uni bu darajaga chiqishini hech kim kutmagan. Agar Ronalduning “Real”da amalga oshirgan ishlariga qarasangiz, juda ham shov-shuvli. 2003-yilning avgustida biz “Sporting” bilan mavsumoldi oʻyinida qanday oʻynaganimizni eslayman.
Oʻsha bahsda men bu yigitni oʻziga xosligini sezdim. U Holand kabi boshqacha edi. Oʻshanda maydonda koʻrsatgan oʻyinini keyinchalik ham davom ettirishini tasavvur ham qila olmasdim. Ammo keyin Ronalduning erishgan yutuqlari juda hayratlanarli boʻldi. U gʻayritabiiy hujumchiga aylandi”, — degan Skoulz.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling