Foto: Google source
"Interband" talqini bo'yicha dunyodagi eng qimmat brendlar reytingida "Apple" yetakchiligini saqlab qoldi.
“Iphone” ishlab chiqaruvchisi ketma-ket 10-bor birinchi o‘rinni egalladi. Kompaniya brendining qiymati 482,2 mlrd dollarga baholanmoqda, bu o‘tgan yilgi natijadan 18 foizga yuqori.
O‘tgan yilgidek kuchli uchlikdan “Amazon” va “Microsoft” o‘rin olgan, biroq brendi yil davomida qiymati 32 foizga oshgan “Microsoft” 278,3 mlrd dollarga baholandi va bu Jeff Bezos kompaniyasini qariyb 3,5 mlrd dollar farq bilan ortda qoldirish va reytingda ikkinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. “Amazon” brendi 2022-yilda 274,8 mlrd dollarga baholandi.
Reytingga kiritilgan brendlarning umumiy qiymati yil davomida 16 foizga o‘sib, rekord daraja – 3,1 trln dollarga yetgan.
Eng qimmat brendlar o‘nligida “Google” (251,75 mlrd dollar), “Samsung” (87,7 mlrd dollar), “Toyota” (59,76 mlrd dollar), “Coca-Cola” (57,5 mlrd dollar), “Mercedes-Benz” (56,1 mlrd dollar), “Disney” (50,3 mlrd dollar) va “Nike” (50,29 mlrd dollar) nomlari qayd etilgan.
“Interbrand” tomonidan eʼlon qilinayotgan reytingdan joy olishning bir qancha shartlari bor. Masalan kompaniya daromadining kamida 30 foizi brend ishlab chiqarilgan mamlakatdan tashqaridagi hududlardan olinishi kerak.
Shuningdek, uzoq muddatda kutilayotgan foyda bo‘lishi hamda brend kapitali qiymatidan ortiq daromad keltirishi va xalqaro iqtisodiyotda tan olinishi kerak.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling